Xizmat ko’rsatish shartlari
  • Xizmat ko’rsatish sha...

XIZMAT KO‘RSATISH SHARTLARI

Homila24.uz va Homila24 mobil ilovasi

1. Umumiy qoidalar

Ushbu shartlar Homila24 platformasidan foydalanish tartibini belgilaydi. Sayt yoki ilovadan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu shartlarga rozilik bildiradi.

2. Xizmat tavsifi

Homila24 quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • Homiladorlik haftalik kalendari

  • Homila rivojlanishi haqida ma’lumotlar

  • Sog‘liq monitoring vositalari

  • Tug‘ruqxona qidiruv xizmati

  • Oziq-ovqat xavfsizligi ma’lumotlari

  • Mashqlar va maqolalar

  • Premium funksiyalar

3. Premium obuna

Premium xizmatlar pullik asosda taqdim etiladi.

Premium obuna quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • Kengaytirilgan monitoring

  • Reklamasiz foydalanish

  • Qo‘shimcha sog‘liq nazorati vositalari

  • Maxsus kontentga kirish

To‘lov amalga oshirilgach, xizmat avtomatik faollashadi.

4. To‘lov va qaytarish siyosati

To‘lov P2P karta orqali amalga oshiriladi.

To‘lov tasdiqlangandan so‘ng xizmat ko‘rsatilgan hisoblanadi.

Qaytarish quyidagi hollarda ko‘rib chiqiladi:

  • Ikki marta to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa

  • Texnik nosozlik sabab xizmat faollashmagan bo‘lsa

5. Foydalanuvchi majburiyatlari

Foydalanuvchi:

  • Soxta ma’lumot bermasligi

  • Platformadan noqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi

  • Boshqa foydalanuvchilarga zarar yetkazmasligi

6. Intellektual mulk

Platformadagi barcha materiallar Homila24’ga tegishli.

Ruxsatsiz ko‘chirish, nusxalash yoki tarqatish taqiqlanadi.

7. Javobgarlikni cheklash

Homila24 platformasi axborot xarakteriga ega.

Platforma foydalanuvchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq qarorlari uchun javobgar emas.

8. Hisobni bloklash

Qoidabuzarlik aniqlanganda foydalanuvchi akkaunti vaqtincha yoki doimiy bloklanishi mumkin.