Maqolalar
17.02.2026
2 daq
0

Tug‘ruqxonadan chiqqandan so‘ng…

Aksar yosh onalarga tanish holat – sizni go‘dagingiz bilan tug‘ruqxonadan uyga olib kelishdi, mana u uyg‘ondi, yig‘lashni boshladi, endi nima qilish kerak? Hamshiralarning va palatadagi tajribali hamxonalarning hushyor rahbarligi ostida chaqaloqni parvarishlash bo‘yicha qimmatli tajriba to‘plashga ulgurmagan ayollarni ayniqsa vahima bosadi.

Ayrim ota-onalar bolaga ozor berish yoki qo‘ldan tushirib yuborishdan xavfsirab hatto uni ko‘tarishga ham qo‘rqishadi. Shunga o‘xshash xavotirlarni boshdan kechirmaslik uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqni to‘g‘ri parvarishlashni bilish lozim.

Ovqatlantirish va uyqu

Ovqatlanish va uyqu go‘dak uchun ikki eng muhim narsadir. Bolani ko‘krak suti bilan emizish eng yaxshi hisoblanadi, bu onaga qulay va bola uchun foydalidir. Kichkintoyni “talab bo‘yicha”, ya’ni uning o‘zi so‘raganda ovqatlantirish lozim. “Rejim bo‘yicha” – har 3 soatda ovqatlantirish – o‘tmish sarqiti hisoblanadi. Odatda, birmuncha vaqtdan so‘ng chaqaloqlar o‘zlari uchun qulay (biroq qat’iy emas!) ovqatlanish rejimini o‘rnatib olishadi. Masalan, har 2 soatda emishni boshlashadi. Mana shu rejimga ota-onalar rioya qilishlari kerak.

Tunda ham kichkintoy talab bo‘yicha ovqatlanadi, shuning uchun ko‘p ota-onalar bolalar krovatini o‘zlarinikiga jipslashtirib qo‘yishadi yoki bolani o‘zlari bilan birga olib yotishadi.

Emizishlar orasidagi vaqtda chaqaloq ko‘pincha uxlaydi. Birinchi oyda bolalar sutkasiga 14–19 soat uxlashadi. Oy sayin bedorlik davrlari ortib boradi va yarim yoshga yetganda kichkintoy sutkasiga 13–14 soat uxlaydi. Bunda, agar dastlabki oylarda bolakay tun yo kunligiga qaramay har 1,5–4 soatda uyg‘onishi mumkin bo‘lsa, taxminan sakkiz oydan boshlab ko‘pgina bolalar sutka vaqtini aniqlay olishadi va kechki soat 10 dan ertalabki soat 6 gacha uxlashadi. Kunduzi esa ular 2 marta 2 soatdan orom oladilar. 1–1,5 yoshga to‘lganda kichkintoy “kattalardek” – tuni bo‘yi va kunduzi tushdan so‘ng bir marta uxlashni boshlaydi.

Uyqu paytida bolani yo‘rgaklash yoki yo‘rgaklamaslik masalasini ota-onaning o‘zi hal qiladi. Ko‘pchilik kichkintoy harakatlari bilan o‘zini uyg‘otib yubormasligi uchun bolani yo‘rgaklaydi, ayrim bolalarga shunday uxlash qulayroq. Hozir shifokorlarning aksariyati bolakayning qo‘lchalari va oyoqchalari erkin bo‘lishi kerak, chunki bu me’yordagi psixomotor rivojlanish uchun zarur deb hisoblaydi. Shuning uchun ikkinchi oydan boshlab bolaga ishtoncha kiydirgan ma’qul.

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!

Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.

Kirish
Do'stlarga ulashish

O'xshash maqolalar

17.02.2026

Ovulyatsiya: qanday hisoblanadi, taqvim, test, alomatlari

Ovulyatsiya va uning taqvimi nima ekanligini hamma ayollar ham bilavermaydi. Hammasidan ko‘proq bu tushunchaga jinsiy…
Batafsil
0
17.02.2026

Progesteron nima?

Premium maqolaUshbu maqolani o'qish uchun tizimga kiring.Kirish
Batafsil
0
17.02.2026

Toksoplazma – xavfli yo‘lovchi

Mushuk ichagi Toxoplasma gondiining yashash makonidir. Ushbu o‘ta kichik organizm birhujayrali hisoblanadi, biroq hayvonlar olamiga mansub.…
Batafsil
0